Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo‘lida yangi hamkorlik
2026-03-12 14:50:00 / Yangiliklar

Mazkur memorandum ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, yoshlarning harbiy kasbga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni zamonaviy bilim va ko‘nikmalar bilan tanishtirish hamda kelajakda harbiy sohada yetuk mutaxassislar tayyorlashga xizmat qiladi. Hujjat doirasida o‘quvchi-yoshlar uchun ma’rifiy uchrashuvlar, ochiq darslar, seminar-treninglar, amaliy mashg‘ulotlar va tanishtiruv tadbirlarini tashkil etish rejalashtirilgan.
Hamkorlik dasturi asosida tashkil etilgan tadbir davomida maktab o‘quvchilariga institutning o‘quv-moddiy bazasi, zamonaviy infratuzilmasi hamda ta’lim jarayonida qo‘llanilayotgan ilg‘or pedagogik yondashuvlar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, institutda kadrlar tayyorlash tizimi, harbiy aloqa sohasining bugungi kundagi ahamiyati hamda ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan ilmiy-amaliy faoliyat xususida ham tushuntirishlar berildi.
Tadbir doirasida o‘quvchi-yoshlar institut hududidagi muzey, zamonaviy o‘quv auditoriyalari, axborot-resurs markazi hamda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan maxsus maydon faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Ekskursiya jarayonida ularga harbiy aloqa vositalari, zamonaviy texnik qurilmalar va ta’lim jarayonida foydalanilayotgan innovatsion uslublar haqida ko‘rgazmali tarzda ma’lumot berildi.
Ekskursiya yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga institut mutaxassislari tomonidan batafsil javoblar oldi.
Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti matbuot xizmat






