Yo‘l qoidasi — umr foydasi
2026-03-12 12:35:00 / Yangiliklar
Markaziy harbiy okrugning Jizzax va Samarqand garnizonlaridagi harbiy qismlarda Harbiy avtomobil inspeksiyasi hamda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, transport vositalaridan to‘g‘ri foydalanish hamda yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida harbiy xizmatchilarga “Yo‘l qoidasi — umr foydasi” va “Alkogol hamda hushni pasaytiruvchi dori vositalari ta’sirida transport vositasini boshqarishning xavfli oqibatlari” mavzularida tushuntirish ishlari olib borildi. Mutaxassislar yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya etish, xizmat va shaxsiy transport vositalaridan foydalanishda mas’uliyatni oshirish zarurligini alohida ta’kidlashdi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga alkogol yoki hushni pasaytiruvchi dori vositalari ta’sirida transport vositasini boshqarish og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida tushuntirildi.
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati





