Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugda qo‘mondonlik-shtab o‘quvlari o‘tkazildi
2026-03-12 11:30:00 / Yangiliklar

Mazkur o‘quv mashg‘ulotlari davomida bo‘linma va qismlar komandirlarining murakkab hamda tez o‘zgaruvchan jangovar vaziyatlarda tezkor va puxta qaror qabul qilish ko‘nikmalarini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratildi.
O‘quv jarayonida rahbarlik tarkibining vaziyatni chuqur tahlil qilish, ehtimoliy tahdidlarni to‘g‘ri baholash hamda mavjud kuch va vositalarni eng maqbul tarzda taqsimlash bo‘yicha amaliy malakalari mustahkamlandi.
Shuningdek, mashg‘ulotlar zamonaviy simulyatsion yondashuvlar asosida tashkil etilib, real jangovar sharoitlarga yaqinlashtirilgan muhitda harbiy boshqaruv organlarining hamkorlikdagi faoliyati sinovdan o‘tkazildi.
Bunday mashg‘ulotlar Qurolli Kuchlarimizning jangovar shayligini mustahkamlash, zamonaviy xavf-xatarlarga munosib javob qaytarish hamda yurtimiz tinchligi va hududiy yaxlitligini ishonchli himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shimoli-g'arbiy harbiy okrug matbuot xizmati





