Mard o‘g‘lonlar yurt himoyasiga otlandi
2026-03-12 10:15:00 / Yangiliklar

Marosimda Sharqiy harbiy okrug mas’ul ofitserlari, viloyat kengashi faxriylari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari hamda chaqiriluvchilarning ota-onalari ishtirok etdi.
Tantanali tadbirda so‘zga chiqqan mas’ullar va harbiy xizmatchilar ota-onalarga farzandlarini Vatanga sadoqatli, jasur va mas’uliyatli insonlar sifatida tarbiyalaganliklari uchun samimiy minnatdorchilik bildirdi. Ular Vatan himoyasi har bir yigit uchun nafaqat burch, balki sharaf ekanligini ta’kidladi.
Ota-onalar ham farzandlariga ezgu tilaklarini izhor qilib, ularni sharafli vazifaga tayyorlaganliklari uchun minnatdorchilik bildirdi. Faxriylar chaqiriluvchilarni matonatli, intizomli bo‘lishga va harbiy xizmat davomida o‘zlarini namoyon etishga chaqirdi.
Marosim yakunida chaqiriluvchilarga yuvinish anjomlari va shaxsiy gigiyena vositalari topshirildi. Shundan so‘ng yoshlar oila a’zolari bilan samimiy xayrlashib, Vatan himoyasi safida xizmat qilish uchun yo‘l olishdi.
Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati







