Shaxsiy tarkibning professional mahorati oshirilmoqda
2026-03-12 10:00:00 / Yangiliklar

Sharqiy harbiy okrug So‘x garnizonidagi harbiy qism shaxsiy tarkibi bilan batalyon taktik o‘quvi o‘tkazildi. O‘quv mashg‘ulotlarida asosiy e’tibor jangovar tayyorgarlikni oshirish, harbiy xizmatchilarning taktik va operativ ko‘nikmalarini mustahkamlash, shuningdek murakkab jangovar sharoitlarda o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratildi.
O‘quv davomida shaxsiy tarkibga mudofaa va hujum harakatlarini amalga oshirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi. Harbiy xizmatchilar belgilangan joylarga yetib borish, jangovar tartibda safarbarlik, o‘t ochishning samarali usullaridan foydalanish kabi vazifalarni amalda bajarishdi.
Shuningdek, mashg‘ulotlarda harbiy xizmatchilarning jismoniy tayyorgarligi, taktik tafakkuri, tezkor qaror qabul qilish qobiliyati va jangovar harakatlarni muvofiqlashtirish darajasi baholandi.
Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati






