Uch avlod — bir maqsad
2026-03-11 17:55:00 / Yangiliklar

Unda Respublika, viloyat va tuman Nuroniylar jamg‘armasi vakillari, faxriylar, harbiy xizmatchilar hamda Urgut tumani o‘quvchi yoshlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida faxriylar va nuroniylar o‘z hayotiy tajribalari, xizmat yo‘llari hamda mustaqil yurt ravnaqi yo‘lida amalga oshirilayotgan ezgu ishlardan so‘z yuritib, yoshlarni ilm olishga, yurt tinchligi va taraqqiyoti yo‘lida fidoyilik ko‘rsatishga chaqirdi.
Harbiy xizmatchilar mamlakatimiz Qurolli Kuchlarida olib borilayotgan islohotlar, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari haqida batafsil ma’lumot berib, yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tqazdi. Yoshlar tomonidan berilgan savollarga aniq va tushunarli javoblar taqdim etdi.
Yakunda o‘quvchi yoshlar tomonidan Vatan, tinchlik va jasoratni ulug‘lovchi she’rlar hamda badiiy chiqishlar namoyish etildi.
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati






