Harbiy xizmatchilar “Yashil makon” umummilliy loyihasida faol
2026-03-10 15:40:00 / Yangiliklar

Loyiha mamlakatimiz landshaftlarini yangilash bilan cheklanib qolmasdan, odamlarning tabiatga bo‘lgan mas’uliyatini ham o‘stirmoqda. “Yashil makon” bugungi kunda nafaqat daraxt ekish yoki gulzorlarni bezash, balki ekologik barqarorlikni ta’minlash, odamlarning kelajak avlodlar oldidagi mas’uliyatini his qilish va tabiat bilan uyg‘unlikda yashashga undovchi harakat sifatida qaralmoqda. Bu tashabbus, mamlakatimizda yashayotgan har bir insonning nafaqat tabiatga bo‘lgan hurmatini, balki unda mustahkam o‘rnatilgan ekologik madaniyatni ham ta’minlaydi.
Markaziy harbiy okrug Jizzax garnizoni hududida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar ham loyihada faol ishtirok etmoqda. Xususan, garnizonda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar erta tongdan qo‘llariga belkurag-u turli xil daraxt ko‘chatlarini tutgancha, kelajak uchun ko‘chatlarni yerga qadashdi. Ekilgan ko‘chatlarning to‘liq rivojlanishini ta’minlash maqsadida ularni muntazam parvarish qilish va nazoratini yo‘lga qo‘yish ishlari ham tashkil etilgan.
Ushbu tashabbus nafaqat tabiatga bo‘lgan muhabbat va hurmatni namoyish etdi, balki boshqa odamlarni sog'lom yashil muhit yaratishga undadi.
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati







