Harbiy xizmatchilar uchun dolzarb masalalar va yechimlar
2026-03-10 11:35:00 / Yangiliklar

Tadbirda Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi mutaxassislari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari ishtirok etdi. Ular kiberxavfsizlikka oid dolzarb masalalar, zamonaviy tahdidlar va axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha o‘z bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.
Tadbirda ishtirokchilar, shu jumladan harbiy xizmatchilar va ularning oilalari, kiberxavfsizlikka oid qiziqtirgan savollarini mutaxassislarga berishdi. Ochiq muloqot shaklida o‘tgan suhbatda kiberhujumlar, axborot xavfsizligi tamoyillari va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
Davra suhbati yakunida kiberxavfsizlik va axborot xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, harbiy xizmatchilarning kibergigiena bo‘yicha bilimlarini oshirishga qaratilgan taqdimotlar va maxsus videolavhalar namoyish etildi.
Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi matbuot xizmati




