Okrug boshqaruv apparatida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi
2026-03-07 19:00:00 / Yangiliklar
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug boshqaruv apparati madaniyat saroyida Qarshi garnizonidagi harbiy qism va muassasalarda xizmat o‘tayotgan harbiy hamda Qurolli Kuchlar xizmatchi xotin-qizlarini ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi.

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tgan shodiyonada dastlab mudofaa vazirining bayram tabrigi o‘qib eshittirildi. So‘z olganlar nafosat va go‘zallik timsoli bo‘lgan nozik hilqat vakilalarini bayram bilan samimiy tabriklashdi. Okrug qo‘mondonligi tomonidan tantana sababchilariga navbatdagi harbiy unvonlar va sovg‘alar topshirildi.
Qarshi garnizoni harbiy orkestri hamda Qashqadaryo viloyat madaniyat markazi san’atkorlari tomonidan kompleks konsert dasturi taqdim etildi. Ko‘rsatilgan e’tibor va go‘zal tabriklar barcha mehmonlar uchun chinakam bayram kayfiyatini ulashgani shubhasiz.
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati






