Jizzaxda “Jasorat maktabi” o‘quv yig‘inining ilk mavsumi boshlandi
2026-03-07 18:55:00 / Yangiliklar

Jumladan, Markaziy harbiy okrug tasarrufidagi Jizzax garnizonidagi harbiy qismda Yoshlar ishlari agentligi hamda Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda 10 kunlik “Jasorat maktabi” o‘quv yig‘inining joriy yildagi ilk mavsumiga start berildi.
Mazkur yig‘inda Jizzax viloyatining shahar va tumanlaridan saralab olingan 100 nafar yosh ishtirok etmoqda.
Yoshlar dastlab tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularga harbiy liboslar tarqatildi, guruhlarga ajratilib yotoqxonalarga joylashtirildi hamda oziq-ovqat ta’minotiga qo‘yildi.
Yig‘in davomida yoshlar jangovar tayyorgarlik, sport musobaqalari, ma’naviy-ma’rifiy mashg‘ulotlar hamda zamonaviy kasb-hunarlar bo‘yicha yo‘naltiruvchi mashg‘ulotlarga jalb etiladi.
Mazkur o‘quv yig‘inlari yoshlarning jismoniy chiniqishi, vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash hamda kelajak kasbini tanlashiga ko‘maklashishga xizmat qiladi.
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati



