Askarlarga imtiyozli tavsiyanomalar topshirildi
2026-03-07 18:45:00 / Yangiliklar

Jumladan, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Qashqadaryo viloyati Xonobod qo‘rg‘onida joylashgan harbiy qismda yigitlik burchini o‘tagan va shu davrda safdoshlariga o‘rnak ko‘rsata olgan, jangovar hamda ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik mashg‘ulotlarida yuqori natijalarga erishgan shuningdek, imtiyoz uchun sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan bir guruh muddatli harbiy xizmatchilarga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanomalar tantanali ravishda topshirildi.
So‘z olganlar barcha askarlarga oq yo‘l tilab, yil davomida ham jismonan ham ma’nan orttirgan bilim va ko‘nikmalarini Vatan ravnaqi yo‘lida safarbar qilishlariga ishonch bildirishdi.
O‘z navbatida askarlar ham o‘tgan bir yil davomida bergan o‘git va ko‘nikmalari, chin ma’noda er-yigit bo‘lib shakllanishlarida qo‘shqan hissasi uchun harbiy qism hamda okrug qo‘mondonligiga minnatdorlik bildirdilar.
Qarshi temiryo‘l vokzalidan muddatli harbiy xizmatchilarni harbiy orkestr sadolari ostida tegishli mansabdorlar hamrohligida oilalari bag‘riga tantanali kuzatildi.
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati







