Garnizonlarda bayram tadbirlari yuqori saviyada o‘tkazildi
2026-03-07 18:30:00 / Yangiliklar

Tadbir davomida yurtimiz tinchligi va ravnaqi yo‘lida xizmat qilayotgan ayollar, harbiy xizmatchilar hamda xotin-qizlarga alohida ehtirom ko‘rsatildi. Bayram shukuhi yuqori bo‘lgan tadbirda qo‘mondonlik tomonidan ayollarga qimmatbaho sovg‘alar tantanali ravishda topshirilib, samimiy tabriklar bildirildi.
Darhaqiqat, oila va jamiyat tayanchi bo‘lmish munis va mo‘tabar xotin-qizlarimizni, xonadonlarimiz farishtalarini qancha ulug‘lasak, shuncha kam. So‘nggi yillarda yurtimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatini ta’minlash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim yaratilgani, har bir qonun, farmon va qarorlar gender tenglik nuqtayi nazaridan baholanayotgani buning yaqqol namunasidir.
Ayollarga bo‘lgan hurmat va ehtirom ifodasi sifatida tashkil etilgan konsert dasturlari barchaga xushkayfiyat ulashdi.







