Qo‘mondonlikda xotin-qizlar bayrami keng nishonlandi
2026-03-07 17:10:00 / Yangiliklar

Sana munosabati Mudofaa vazirlig Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi boshqaruv apparatida “Sen baribir muqaddasan, muqaddas ayol!” nomli bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda qo‘shinlar qo‘mondoni so‘zga chiqib, mudofaa vazirning ayol harbiy xizmatchilarga va Qurolli Kuchlar xizmatchi ayollariga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.
Tadbirda munis ayollarimizni ko‘nglini ko‘tarish maqasadida harbiy xizmatchilar tomonidan tayyorlangan turli hajviyaviy sahna ko‘rinishlari, video roliklar namoyish etildi. Harbiy orkestr jamoasi, xalq suygan xonandalar va so‘z ustalarini chiqishlari esa bayramga yanada ko‘tarinkilik baxsh etdi.
Tadbir so‘ngida bayram egalariga qimmatbaho va esdalik sovg‘alar topshirildi.
Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi matbuot xizmati








