Sharaf bilan yakunlangan xizmat — tantanali kuzatuv
2026-03-07 16:05:00 / Yangiliklar

Tadbir muddatli harbiy xizmatchilar uchun unutilmas lahzalarga boy bo‘lib, unda okrug qo‘mondonligi vakillari, harbiy qism mas’ullari, Qurolli Kuchlar faxriylari hamda yoshlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar askarlarning xizmat davomida namunali intizomi, Vatanga sadoqati va mas’uliyatini alohida e’tirof etib, ularga kelgusi hayot yo‘lida muvaffaqiyat va omad tilashdi. Ta’kidlanganidek, harbiy xizmat davomida orttirilgan bilim va ko‘nikmalar, hayotiy tajribalar yigitlarning kelgusidagi faoliyatida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz.
Shuningdek, askarlarning xizmat davomida turli tanlov va musobaqalarda, xususan “Men g‘olib” shiori ostida o‘tkazilgan bellashuvlarda erishgan yutuqlari ham alohida e’tirof etildi. Ularning faol ishtiroki, jismoniy va ma’naviy tayyorgarligi boshqa tengdoshlariga ham ibrat ekani ta’kidlab o‘tildi.
Tadbir doirasida harbiy xizmat davomida bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlab, sinovlarda yuqori natijalarni qayd etgan askarlarga oliy ta’lim muassasalariga kirishda qo‘shimcha imkoniyat beruvchi tavsiyanomalar tantanali ravishda topshirildi.
Shu bilan birga, hayotini harbiy xizmat bilan bog‘lashni maqsad qilgan hamda kontrakt asosida Qurolli Kuchlar safida xizmatni davom ettirishga qaror qilgan askarlarga kelgusidagi xizmat faoliyatlarida omad tilandi va ular yangi xizmat joylariga kuzatildi.
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati





