Andijonda vatanparvarlik ruhidagi tadbirlar o‘tkazildi
2026-03-07 13:00:00 / Yangiliklar

Ochiq eshiklar kuni doirasida zamonaviy qurol-aslahalar va harbiy texnikalar ko‘rgazmasi namoyish etildi. Harbiy mutaxassislar tomonidan har bir texnik vositaning taktik-texnik xususiyatlari, qo‘llanish imkoniyatlari va amaliy ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.
Shuningdek, harbiy xizmatchilarning ko‘rgazmali chiqishlari tadbirga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi. Saf harakatlari, jangovar tayyorgarlik elementlari va amaliy ko‘nikmalar namoyishi yoshlar qalbida harbiy kasbga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirdi.
Tadbir doirasida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi ham tashkil etildi. Uchrashuvda harbiy qism komandiri hamda harbiy prokuror yoshlar bilan samimiy muloqot o‘tkazib, Vatanga sadoqat, harbiy xizmat sharafi va mas’uliyati haqida fikr bildirdi.
Aytish mumkinki, harbiy qismda o‘tgan tadbirlar yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, ularni harbiy kasbga qiziqtirish va yurt himoyachilariga bo‘lgan hurmatni yanada oshirishga xizmat qildi.
Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati








