Shimolda mavsumiy jangovar shaylikni saqlashga qaratilgan mashg‘ulotlar o‘tkazildi
2026-03-07 12:45:00 / Yangiliklar

Qurol va texnika oldida sadoqatli askar sifatida xizmat ko‘rsatish, uni doimo shay holatda ushlab turish — harbiy xizmatchilar zimmasidagi eng sharafli vazifalardan biridir. Shu bois mashg‘ulotlarda texnikaga mavsumiy xizmat ko‘rsatish, uni yozgi sharoitlarga tayyorlash, qurol va aslahalarning ishlash samaradorligini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha ko‘rgazmali mashg‘ulotlar tashkil qilindi.
Aytish mumkinki, mazkur jarayonlar har bir askar uchun oddiy xizmat vazifasi emas, balki Vatanga sadoqatning amaliy ifodasidir. Chunki jang maydonida texnika va qurolning xatosiz ishlashi — g‘alabaning garovi demakdir.
Mashg‘ulot davomida nafaqat texnikaga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amaliy tajribalar almashildi, balki yosh askarlar ham ustozlaridan saboq olib, o‘z malakalarini yanada mustahkamlashdi.
Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati




