Xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari va manfaatlari himoyasi yo‘lida
2026-03-07 11:50:00 / Yangiliklar

Ortda qolgan yil davomida vazirlik tizimidagi taʼlim tashkilotlarida taʼlim oluvchilar hamda pedagog xodimlarni qoʻllab-quvvatlash, ularga qulay sharoitlar yaratish va malakasini oshirish, shuningdek, sogʻliqni saqlash yoʻnalishida ham amaliy ishlarga alohida eʻtibor qaratilgan.
Raqamlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, mehnat qonunchiligi bilan belgilab berilgan toifadagi 5000 nafardan ortiq xodimlarga markaziy harbiy klinik gospitali hamda garnizon gospitallarida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va imtiyozli davolanishlari uchun keng ko‘lamli sharaoit yaratilgan. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, xodimlarning ish vaqtlariga ta’sir o‘tkazmaslik, ularni kundalik ishlardan chalg‘itmagan holda ortiqcha ovvoragarchiliklarni bartaraf qilish maqsadida mobil tibbiy otryadlar tashkil qilinib, joylarda sayyor tibbiy ko‘riklar o‘tkazilgan.
Konferensiyada nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning bandligini taʼminlash maqsadida 2025-yilda 68 nafar nogironligi boʻlgan fuqarolar ishga qabul qilingani bo‘yicha alohida to‘xtalib o‘tildi. “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi qonun talablaridan kelib chiqib, ushbu koʻrsatkichni 2026-yil yakuniga qadar 400 nafarga yetkazish rejalashtirildi.
Ta’kidlash kerakki, konferensiya qatnashchilari tomonidan asosiy jarayon — 2025-yil davomida xodimlarning mehnat munosabatlariga oid mehnat nizolari kuzatilmagani alohida qayd etildi va jamoa shartnomasi shartlarini bajarilishi komissiya tomonidan imzolangan dalolatnomaga asosan qoniqarli deb baholandi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti





