Shimolda askarlarga imtiyozli tavsiyanomalar topshirildi
2026-03-06 19:45:00 / Yangiliklar

Tantanali kuztuv tadbirda harbiy okrug qoʻmondonligi, harbiy qism masʻullari, Qurolli Kuchlar faxriylari hamda yoshlar ishtirok etdi.
Unda soʻz olganlar askarlarga kelgusi hayot yoʻlida muvaffaqiyat va omad tiladi. Ularning harbiy xizmat davomida orttirgan bilim va tajribalari kelajakda yurt ravnaqi yoʻlida samarali xizmat qilishiga poydevor boʻlishiga ishonch bildirildi. Shuningdek, askarlarning Vatan oldidagi burchini sidqidildan bajargani va xizmat davomida va “Men gʻolib” shiori ostidagi musobaqalarda erishgan yutuqlari alohida eʻtirof etildi.
Tadbir davomida harbiy xizmat mobaynida yuqori darajada bilim koʻnikmalarga ega boʻlib davlat test markazi tomonidan tashkil etilgan sinovda yuqori natija koʻrsatgan askarlarga oliy taʻlim muassasalariga kirishda qoʻshimcha imkoniyat beruvchi tavsiyanomalar topshirildi.
Hayotini harbiy xizmat bilan bogʻlab kelgusida ham kontrakt asosida harbiy xizmatda qolayotgan askarlarning kelgusidagi xizmatlariga ham omadlar tilandi va ularni yangi xizmat joylariga kuzatildi.




