Harbiylar safida ayolga yuksak ehtirom
2026-03-06 19:35:00 / Yangiliklar

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Markaziy harbiy okrugi boshqaruv apparatida hamda okrug tasarrufidagi Samarqand, Jizzax, Kattaqo‘rg‘on va Navoiy garnizonlaridagi harbiy qismlarda tantanali bayram tadbirlari tashkil etildi.
Unda okrug qoʻmondonligi vakillari, harbiy xizmatchilar hamda Qurolli Kuchlar tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar ishtirok etdi. Tadbir davomida ayollarning jamiyatimiz hayotidagi oʻrni, ularning fidokorona mehnati va yurt ravnaqi yoʻlidagi xizmatlari alohida eʼtirof etildi.
Bayram munosabati bilan xotin-qizlarga samimiy tilaklar bildirilib, ularning jamiyat taraqqiyoti hamda Qurolli Kuchlar safidagi munosib hissasi yuksak qadrlanishi taʼkidlandi.
Tantanali tadbir davomida harbiy orkestr jamoasi tomonidan Vatanni madh etuvchi kuylar ijro etilib, isteʼdodli xonandalarning kuy-qoʻshiqlari yigʻilganlarga bayramona kayfiyat ulashdi.
Mazkur bayram tadbirlari xotin-qizlarga boʻlgan hurmat va ehtiromning yana bir yorqin ifodasi boʻldi.
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati









