Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan tantanali tadbirlar o‘tkazildi
2026-03-06 19:05:00 / Yangiliklar

Universitetda bo‘lib o‘tgan tadbir davomida universitet rahbari birinchi o‘rinbosari general-mayor Farhod Shermatov mudofaa vazirining bayram tabrigini yetkazib, barcha ayollarni samimiy muborakbod etdi.
Tadbirlar davomida ayollarning jamiyatdagi, oiladagi hamda harbiy jamoalardagi beqiyos o‘rni alohida e’tirof etildi. Ayol azaldan mehr-muhabbat, sabr-toqat va go‘zallik timsoli hisoblanadi. Ular hayotimizga fayz va baraka olib kirib, har bir xonadonning quvonchi va tayanchi bo‘lib kelmoqda. Ayniqsa, ona sifatida farzandlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalab, barkamol avlodni voyaga yetkazishda ayollarning hissasi beqiyosdir.
Harbiy jamoada ham xotin-qizlarning mehnati, mas’uliyati va fidoyiligi alohida qadrlanadi. Ular o‘zlarining sabr-bardoshi, matonati va qo‘llab-quvvatlashi bilan yurtimiz tinchligi hamda barqarorligini ta’minlash yo‘lida munosib hissa qo‘shib kelmoqdalar.
Institut rahbarlari ham oliy harbiy ta'lim muassasalarida faoliyat yuritib kelayotgan ayollarimizni qo’lga kiritgan yutuqlarini va mehnat faoliyatlarini alohida e’tirof o'tdilar va barcha ayol-qizlarimizga bayram sovg’alarini topshirishdi.
Tadbirning badiiy qismida harbiy orkestr jamoalari hamda taniqli san'atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo’shiqlar bayramga yanada ko‘tarinki ruh bag’ishladi.
Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti axborot xizmati









