“Yashil makon” loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari amalga oshirildi
2026-03-06 11:05:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlarida ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari tashkil etildi.

Mazkur tashabbus doirasida harbiy qismlar, harbiy shaharchalar hamda ta’lim muassasalari hududlarida obodonlashtirish va ko‘chat ekish ishlari olib borildi. Tadbir davomida hududlarning iqlim va tuproq sharoitini inobatga olgan holda mos turdagi daraxt va manzarali buta ko‘chatlari ekildi.
Harbiy xizmatchilar tomonidan ekilgan ko‘chatlarni parvarishlash, sug‘orish hamda ularning yashab ketishini ta’minlash bo‘yicha zarur agrotexnik tadbirlar ham amalga oshirilmoqda.
Mazkur ishlar atrof-muhitni muhofaza qilish, hududlarni yanada ko‘kalamzorlashtirish hamda ekologik madaniyatni yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati






