Toshkent davlat texnika va agrar universitetlarida talaba-yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
2026-03-06 10:35:00 / Yangiliklar
Yurtimizda har hafta payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida belgilanishi munosabati bilan kuni kecha Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondonligi hamda Respublika Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi bilan hamkorlikda Toshkent davlat texnika va agrar universitetlarida talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari tinglandi. Shuningdek, yoshlar siyosatini izchil amalga oshirish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida fikr almashildi.
Tadbir yakunida yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning bilim va salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar bilan tizimli ishlashni yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Eng faol talabalar esa qo‘mondonlik tomonidan munosib rag‘batlantirildi.
Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati









