Muborakda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
2026-03-05 19:55:00 / Yangiliklar

Ana shunday tashabbuslarning amaliy ifodasi sifatida Muborak tumanida joylashgan harbiy qismda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Tadbir davomida Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligi hamda viloyat va tuman mas’ul rahbarlari ishtirokida yoshlarning murojaatlari tinglanib, ularning taklif va tashabbuslari atroflicha o‘rganildi. Ayrim masalalar joyida hal etilib, qo‘shimcha vaqt talab etadigan murojaatlar ijrosi nazoratga olindi.
Shundan so‘ng yoshlar harbiy qismda yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishib, turli qurol-aslahalar hamda harbiy texnikalar ko‘rgazmasini tomosha qilishdi. Ayniqsa, harbiy xizmatchilar tomonidan namoyish etilgan ko‘rgazmali chiqishlar yoshlar qalbida katta taassurot qoldirdi.
Ta’kidlash joizki, Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim tayanchi bo‘lgan yoshlar — uchinchi Renessans poydevorini barpo etuvchi kuch sifatida e’tirof etilib, ularga qaratilayotgan e’tibor bugun jamiyatimiz hayotining barcha jabhalarida yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati









