“Fargʻona” dala-oʻquv maydonida parashyut bilan amaliy sakrash mashgʻulotlari oʻtkazildi
2026-03-05 15:50:00 / Yangiliklar

Mashgʻulotlar avvalida mutaxassis yoʻriqchilar tomonidan texnika xavfsizligi qoidalari, parashyutdan foydalanish tartibi hamda favqulodda vaziyatlarda toʻgʻri harakatlanish boʻyicha batafsil tushuntirishlar berildi. Har bir bosqichda intizom, aniqlik va oʻzaro hamjihatlikning ahamiyati alohida taʻkidlandi.
Shundan soʻng harbiy xizmatchilar belgilangan balandlikdan parashyut bilan sakrashni muvaffaqiyatli amalga oshirdilar. Balandlikdan bajarilgan sakrashlar ishtirokchilardan yuqori darajadagi jismoniy chiniqish bilan birga, ruhiy barqarorlik, qatʻiyat va tezkor qaror qabul qilish koʻnikmalarini talab etdi. Har bir sakrash puxta hisob-kitob va aniq harakatlar asosida bajarildi.
Parashyut bilan sakrash mashg‘ulotlari orqali desantchilar havodan tezkorlik tushish, murakkab sharoitlarda harakat qilish va berilgan topshiriqlarni samarali bajarish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Shu sababli bu mashg‘ulotlar harbiy bo‘linmalarning jangovar imkoniyatlarini va umumiy tayyorgarligini oshirishga xizmat qildi.
Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati








