Yashil makon — farovon kelajak poydevori!
2026-03-05 11:30:00 / Yangiliklar
Namangan viloyati Pop tumani Yangi O‘zbekiston massivi hududiga mingdan ziyod mevali va manzarali ko‘chatlar ekildi. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi mazkur ezgu tashabbus Namangan viloyat hokimligi, Sharqiy harbiy okrugga qarashli harbiy qism va muassasalar hamda davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Tadbirda so‘z olganlar bu tadbir nafaqat tabiatni muhofaza qilish, balki yangi islohotlar jarayonida aholi uchun sog‘lom va qulay muhit yaratishga xizmat qilishini alohida ta’kidlashdi. Tadbirda nuroniylar, mahalla aholisi va faollari, harbiy xizmatchilar hamda yoshlar ishtirok etib, hamjihatlik va birdamlik namunasini namoyon etdilar.
Shuningdek, mazkur xayrli tashabbus “G‘urumsaroy” dala-o‘quv maydoni va Farg‘ona viloyatida ham davom ettirilib, atrof-muhitni asrash va yashil hududlarni kengaytirish borasidagi ishlar jadallashtirilmoqda.
Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati









