Qarshi shahrida ham bir guruh o‘g‘lonlar harbiy xizmatga kuzatildi
2026-03-05 10:45:00 / Yangiliklar

Unda viloyat hokimligi, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, keng jamoatchilik vakillari hamda askarlarning ota-onalari ishtirok etdi.
So‘z olganlar, yigitlik burchini o‘tashga bel bog‘lagan azamat o‘g‘lonlarga ishonch bildirib, xizmat vazifalarini sidqidildan bajarishlari uchun kuch-quvvat tilashdi. Shuningdek, askarlar ham oldindagi xizmati davomida sadoqat ko‘rsatib, Vatan himoyasidak sharafli ishni sabot bilan o‘tashga va’da berishdi.
Ko‘zlarida shijoat qalqib, saf tortib turgan yuzlab askarlarga okrug qo‘mondonligi hamda viloyat hokimligi sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Qarshi garnizoni harbiy orkestri hamda viloyatning taniqli san’atkorlari ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati









