Zamonaviy tahdidlarga qarshi tizimli yondashuv
2026-03-04 15:40:00 / Yangiliklar

Tadbirda muddatli harbiy xizmatchilarga okrug kiberxavfsizlik markazi mutaxassislari tomonidan xavf va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar mohiyati, unda yutish imkoniyatining yo‘qligi dalillar bilan tushuntirildi. Shuningdek, noqonuniy onlayn savdo platformalarida ishtirok etishning salbiy oqibatlari va kelib chiqishi mumkin bo‘lgan muammoli vaziyatlar haqida ilmiy asoslangan ma’ruzalar qilindi.
Harbiy xizmatchilarga “OneID” tizimidagi login va parollarni muntazam yangilash, “Mygov” ilovasi orqali kredit olishga cheklov qo‘yish kabi amaliy ko‘nikmalar berildi.
Shuningdek, telegramm orqali keladigan zararli dasturlarni aniqlash, hisoblar ulangan qurilmalarni nazorat qilish va ikki bosqichli parol tizimini joriy etish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Mobil qurilmalarda zararli ilovalarni aniqlash va ularni o‘chirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati







