Vatanparvarlik — milliy yuksalish kafolati
2026-03-04 15:40:00 / Yangiliklar
Sardoba tumani Mudofaa ishlari bo‘limi va Sardoba tumani sport maktabi hamkorligida “Vatanparvarlik — milliy yuksalish kafolati” shiori ostida mini futbol musobaqasi tashkil etildi.

Musobaqada “Vatan tayanchi otryadi” a’zolari ishtirok etdi.
Bahslar qizg‘in va murosasiz ruhda kechdi. Har bir jamoa g‘alaba uchun barcha kuch va mahoratini namoyon etdi. Musobaqa davomida ishtirokchilar sport mahorati bilan birga jamoaviy ruh, intizom va strategik fikrlash ko‘nikmalarini ham ko‘rsatdi.
Yakuniy natijalar quyidagicha bo‘ldi:
• 1-o‘rin — 12-maktab jamoasi;
• 2-o‘rin — 6-maktab jamoasi;
• 3-o‘rin — 21-maktab jamoasi.
G‘olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.






