Yetakchi askarlar tajribasi muhokama qilindi
2026-03-04 15:35:00 / Yangiliklar

Forum jarayonida xizmatdagi faolligi, tashabbuskorligi va yetakchilik qobiliyati bilan ajralib turgan muddatli harbiy xizmatchilar faoliyati alohida e’tirof etildi. So‘zga chiqqan yetakchi askarlar o‘z tajribalari va erishgan yutuqlarini baham ko‘rish orqali nafaqat o‘z safdoshlari uchun namunali model yaratdilar, balki harbiy xizmatdagi muvaffaqiyatning asosiy mezonlari — fidoyilik, intizom va tashabbuskorlikni amaliy misollar bilan namoyish etdi.
Tadbirda sport sohasidagi yutuqlari, turli musobaqalardagi muvaffaqiyatlari, shuningdek fan olimpiadalari va intellektual tanlovlarda egallagan faxrli o‘rinlari bilan ajralib turgan harbiy xizmatchilar ham taqdimot qilindi. Bu harbiy xizmatchilarning nafaqat jismoniy, balki intellektual salohiyatini ham namoyon etdi.
Umuman olganda, mazkur forum yosh harbiy xizmatchilarni faoliyatda yuqori natijalarga erishishga, o‘z ustida doimiy ishlashga va kelajakda yetakchi sifatida shakllanishga ruhlantirdi. Tadbirning mazmunli va interaktiv shaklda o‘tishi ishtirokchilarga bilim, tajriba va yutuqlarni samarali almashish imkonini yaratdi hamda yetakchilik qobiliyatini rivojlantirishga katta turtki bo‘ldi.
Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti matbuot xizmati









