Yurt himoyasi – mardlar ishi
2026-03-03 18:40:00 / Yangiliklar

Unda soʻz olganlar soʻngi yillarda mamlakatimizda boshqa jabhalar qatori milliy armiyamizda ham keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilayotganini, saflardagi harbiy xizmatchilarning yashash va xizmat majburiyatlarini olib borishlari uchun barcha qulayliklar yaratib berilayotganini misollarda keltirib oʻtdi.
Darhaqiqat, shunday. Bugun harbiy qismlar, dala-oʻquv maydonlari mutlaqo yangi koʻrinishda – zamonaviy qiyofa kasb etgan. Vatan himoyachilari ana shu imkoniyatlardan unumli foydalangan holda kasbiy mahoratlarini kun-u tun oshirib, yanada sir-sinoatlarni chuqur oʻrganib kelmoqda.
Shu kuni mehmonlar uchun qurol-yarogʻ va harbiy texnikalar koʻrgazmasi ham namoyish etildi. Faxriy qorovul va qoʻl-jangi ustalarining chiqishlari bayramga koʻtarinkilik baxsh etdi.
Albatta, Vatan chin farzandlarining jasoratini hech qachon unutmaydi. Harbiy qism xotira maydonida saf tortganlar ham ana shu fikrni yana bir bor qalblaridan oʻtkazdi. Qurolli kuchlar faxriylari, yurt oʻgʻlonlari va halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari Vatan tinchligini asray yoʻlida shirin jonidan voz kechgan azamatlarning xotirasini yod oldi.
Tadbir soʻngida bayram munosabati bilan mehmonlarga esdalik sovgʻalari ulashildi. Harbiy xizmatchilar tomonidan ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar yigʻilganlar qalbiga bir olam shodlik va quvonch baxsh etdi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti









