Vatanga sadoqat – amalda namoyon boʻlmoqda
2026-03-03 18:10:00 / Yangiliklar

Tadbir yoshlar qalbida Vatanga sadoqat tuygʻularini mustahkamlash, ularni harbiy xizmatga qiziqtirish hamda toʻgʻri kasb tanlashiga koʻmaklashishga qaratildi. Unda harbiy xizmatchilar, safarbarlik chaqiruv rezervi batalyoni hamda harbiy prokuratura xodimlari tomonidan mazmunli suhbatlar oʻtkazilib, qurol-aslaha koʻrgazmalari namoyish etildi.
Shuningdek, panoramali oʻq otish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar tashkil etilib, yoshlar harbiy tayyorgarlik jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Ishtirokchilarga harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, xizmat va yashash tizimi, ijtimoiy kafolatlar hamda taʻlim imkoniyatlari haqida batafsil maʻlumot berildi.
Mazkur tadbir yoshlar ongida Vatanga muhabbat, burch va masʻuliyat tuygʻularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati







