Harbiy xizmatchilar “Yashil makon” umummilliy loyihasida faol ishtirok etmoqda
2026-03-03 17:20:00 / Yangiliklar

Prezidentimiz tashabbusi bilan yoʻlga qoʻyilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi ham ana shu maqsadlarga xizmat qilib, har yili millionlab daraxt koʻchatlari ekilmoqda. Natijada global iqlim oʻzgarishining oqibatlari yumshatilib, iqlim moʻtadillashmoqda.
Bu ezgu ishlarga harbiylar ham munosib hissa qoʻshib, harbiy qism va muassasalar hududlarini obodonlashtirish, yashil hududlarni koʻpaytirishda faol. Xususan, “yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Toshkent viloyatining Parkent tumani hududida joylashgan Qizil togʻ aholi yashash punktidan boʻsh turgan 500 gektar yer maydoni ajratilib, oʻtgan yillar davomida 500 ming donadan ortiq mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekildi va 98 foizining unumdorligi taʻminlandi.
Maxsus uskunalar oʻrnatilib, tomchilab sugʻorish tizimlari oʻrnatildi. Tizimli ishlar joriy yilda ham davom ettirilib, muddatli harbiy xizmatchilar va kursantlar tomonidan hududni yanada obodonlashtirish maqsadida olma, anor, oʻrik kabi mevali daraxt koʻchatlari ekildi.
Maxsus texnikalar yordamida yer maydonlarini yumshatilib, begona oʻtlardan tozalandi. Har bir nihol uchun yetarli chuqurlikda oʻra qazilib, zarur mineral oʻgʻitlar solindi.
Qizil togʻ mahallasi aholisi ham ushbu tashabbusni mamnuniyat bilan qarshi oldi. Mahalla faollari va nuroniylar harbiy yoshlarning tashabbuskorligini yuqori baholab, bunday hamkorlik ishlari hudud obodonchiligi va aholi farovonligi uchun muhim ekanini taʻkidladi.
Albata, bunday ezgu tashabbuslar yurtimizni yanada obod, havosini musaffo va kelajagini porloq etishga xizmat qiladi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti








