Havo hujumidan mudofaa bo‘linmalarining malakasi oshirilmoqda
2026-03-03 14:40:00 / Yangiliklar

Mazkur yig‘in soha mutaxassislarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash, zamonaviy qurol-aslaha va texnik vositalardan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tajribalarini boyitish, shuningdek, jangovar shaylik darajasini oshirish maqsadida o‘tkazildi.
Yig‘in okrug o‘quv fakulteti mutaxassislari bilan hamkorlikda tashkil etilib, nazariy bilimlarni amaliy mashg‘ulotlar bilan uyg‘unlashtirish orqali ofitserlarning kasbiy salohiyatini yanada oshirishga xizmat qildi. Shuningdek, mashg‘ulotlar davomida ilg‘or tajribalar almashildi, mavjud kamchiliklar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqildi.
Shuningdek, havo hujumidan mudofaani tashkil etish, havo razvedkasini olib borish hamda aniqlangan nishonlarni yakson qilish usullari amaliy mashg‘ulotlar orqali ko‘rib chiqildi. Zamonaviy jangovar harakatlarda qo‘llanilayotgan uchuvchisiz uchish apparatlari va ularga qarshi kurashish vositalari bo‘yicha tushunchalar berilib, tajriba almashildi.
Yig‘in jarayonida bo‘ysunuvchi bo‘linmalarni boshqarish usullari, tezkor qaror qabul qilish va o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati






