Samarqandda harbiy xizmatchilar uchun sayyor qabul tashkil etildi
2026-02-28 16:10:00 / Yangiliklar

Unda Samarqand harbiy prokurori, qo‘shilma komandiri, tuman hokimligi hamda davlat va nodavlat tashkilotlari mutasaddilari ishtirok etdi. Tadbir harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarining ijtimoiy muammolarini o‘rganish, joyida hal etish hamda huquqiy ko‘mak ko‘rsatish maqsadida tashkil etildi.
Qabul davomida ijtimoiy himoya, uy-joy, ishga joylashish va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar tinglanib, har biri bo‘yicha mas’ullar tomonidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Shuningdek, amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi. Mazkur sayyor qabul harbiy xizmatchilar va ularning oilalarini qo‘llab-quvvatlash, davlat e’tibori va g‘amxo‘rligini amalda namoyon etishga xizmat qildi.








