Ogohlik – eng kuchli kiberhimoya
2026-02-28 15:30:00 / Yangiliklar

“Dolzarb kiberjinoyatlar: shakllari, usullari va tahdid darajasi” mavzusida tashkil etilgan uchrashuv davomida ishtirokchilarga bugungi kunda zamonaviy axborot makonida keng tarqalayotgan kiberxurujlar, ularning amalga oshirilish usullari hamda ko‘lamlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Jumladan, fishing, zararli dasturlar (malware), ijtimoiy muhandislik, ma’lumotlarni noqonuniy qo‘lga kiritish va soxta internet resurslari orqali amalga oshiriladigan firibgarlik holatlari misollar asosida tushuntirildi.
Mutaxassislar tomonidan kiberjinoyatlarning kelib chiqish sabablari, ularning harbiy tuzilmalarga yetkazishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlari, maxfiy ma’lumotlarni himoyalash zarurati alohida ta’kidlandi. Shuningdek, shaxsiy tarkibga kuchli parollar yaratish, ikki bosqichli autentifikatsiyadan foydalanish, noma’lum havolalar va fayllarni ochmaslik, xizmatga oid axborotlarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatmaslik bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati



