Kiberhimoyani kuchaytirish – davr talabi
2026-02-27 18:00:00 / Yangiliklar

Tadbir davomida soha mutaxassislari tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kibertahdidlar, onlayn firibgarlik, fishing xabarlari, zararli dasturlar hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali amalga oshiriladigan kiberjinoyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Ayniqsa, xizmat faoliyati davomida xizmatga oid ma’lumotlarni muhofaza qilish, shaxsiy ma’lumotlar daxlsizligini ta’minlash va maxfiylik qoidalariga qat’iy rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mashg‘ulot jarayonida real misollar asosida tushuntirishlar olib borilib, kuchli parollardan foydalanish, ikki bosqichli himoya tizimini yoqish, shubhali havolalarga kirmaslik hamda noma’lum manbalardan kelgan fayllarni yuklab olmaslik bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Shuningdek, harbiy xizmatchilarning kiberxavfsizlik sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida savol-javoblar o‘tkazilib, ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan mutaxassislar tomonidan atroflicha izohlar berildi.
Mazkur tadbir harbiy xizmatchilarning axborot xavfsizligi borasidagi hushyorligini oshirish, kiberjinoyatlarning oldini olish hamda zamonaviy raqamli makonda xavfsiz faoliyat yuritish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qildi.



