Sharqiy harbiy okrugda yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi
2026-02-27 09:45:00 / Yangiliklar

Konferensiyada Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Fargʻona viloyati kengashi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy bankining Fargʻona viloyati bosh boshqarmasi “Kelajakka qadam” markazi vakillari hamda okrug faxriylari ishtirok etdi.
Tadbirda mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati izchil davom etayotgani, yoshlar tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash va ularning bandligini taʻminlash, tadbirkorlik gʻoyalarini roʻyobga chiqarish borasida yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida soʻz yuritildi. Xususan, joriy yil 24-fevral kuni Prezidentimiz tomonidan yoshlar tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan qoʻshimcha imkoniyatlar muhokama qilingani alohida taʻkidlandi.
Soʻzga chiqqanlar tomonidan yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, kasb-hunar oʻrganish va tadbirkorlik faoliyatini boshlashda mavjud imkoniyatlar haqida batafsil maʻlumot berildi.
Tadbir davomida yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutasaddilardan aniq javoblar oldilar. Ochiq va samimiy ruhda oʻtgan muloqot yoshlar uchun yangi istiqbollar eshigini ochdi.
Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati






