Sharqiy harbiy okrugda “Qo‘mondon kubogi” uchun marafon o‘tkazildi
2026-02-26 16:35:00 / Yangiliklar

Musobaqada okrug tasarrufidagi harbiy qismlarda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar ishtirok etdi. Bellashuvlar 3 kilometr, 10 kilometr hamda 21 kilometr masofalarda o‘tkazilib, har bir yo‘nalishda keskin va murosasiz bahslar kuzatildi. Ishtirokchilar belgilangan masofalarni yuqori tayyorgarlik bilan bosib o‘tib, o‘zlarining jismoniy chiniqqanligi, chidamliligi va ruhiy barqarorligini namoyon etdi.
Musobaqa jarayonlari tasdiqlangan nizom talablari asosida, hakamlar hay’ati tomonidan xolis va shaffof baholandi. Barcha ishtirokchilar uchun teng sharoit yaratilib, xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etilishi ta’minlandi.
Yakuniy natijalar quyidagicha:
- Andijon garnizonidagi harbiy qism jamoasi — 3-o‘rin;
- Farg‘ona garnizonidagi harbiy qism jamoasi — 2-o‘rin;
- So‘x garnizonidagi harbiy qism jamoasi — 1-o‘rin.
G‘olib va sovrindorlar okrug qo‘mondonligi tomonidan diplom, kubok hamda esdalik sovg‘alari bilan tantanali ravishda taqdirlandi.
Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati




