Axborot xavfsizligini mustahkamlash ustuvor vazifa
2026-02-26 15:25:00 / Yangiliklar

Unda Qashqadaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasi kiberxavfsizlik mutaxassislari ishtirokchilarga xavf-xatarlarni aniqlash va oldini olish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni berishdi. Ular tavakkalchilikka asoslangan onlayn o‘yinlar mohiyati, bunday o‘yinlarda yutish imkoniyati yo‘qligi va noqonuniy onlayn savdo platformalarida ishtirok etishning salbiy oqibatlarini ilmiy asoslab tushuntirdi.
Shuningdek, tadbir davomida “OneID” tizimidagi login va parollarni o‘zgartirish, “MyGov” ilovasi orqali kredit olishda cheklov qo‘yish kabi zarur ko‘nikmalar shakllantirildi. Internetdan foydalanishda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish, harbiy libosdagi suratlarni ijtimoiy tarmoqlarga joylamaslik, taqiqlangan bloglar yoki veb-saytlarni kuzatmaslik bo‘yicha aniq yo‘riqnomalar berildi.
Ishtirokchilarga Telegram messenjeri orqali keladigan zararli dasturlarni aniqlash, hisobga ulangan qurilmalarni nazorat qilish va ikki bosqichli autentifikatsiya orqali xavfsizlikni oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etildi.
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati






