“Jasorat maktabi” — maqsadlarga eltuvchi loyiha
2026-02-26 12:30:00 / Yangiliklar

Joriy mavsum ishtirokchilari harbiy orkestr sadolari ostida tantanali kutib olinib, dastlab tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularga harbiy liboslar tarqatildi va oziq-ovqat ta’minotiga qo‘yildi.
Yigʻinning tantanali ochilish okrug qo‘mondonligi hamda viloyatning mutasaddi tashkilot rahbarlari o‘z so‘zida, ushbu yig‘in yoshlar uchun koʻp imkoniyatlar va sharoitlar yaratib berishini so‘zlab, undan oqilona foydalanish lozimligini va buning samarasi sifatida o‘tkan yig‘inlardagi yoshlarning erishgan yutuqlarini misol keltirishdi va yig‘in davomida yoshlarning ulkan muvofaqqiyatlarga erishishini tilashdi.
Tadbirning badiiy qismida tashkil etilgan harbiy orkestr jamoalarining chiqishlari hamda harbiy xizmatchilar tomonidan tayyorlangan qo‘l jangi, faxriy qorovul bo‘linmalarining saf chiqishlari yoshlarning harbiy qismdagi ilk kunidanoq hushkayfiyat ulashishga xizmat qildi.
Marosimdan so‘ng, yoshlar o‘z qiziqshlariga qarab, guruhlarga ajratildi va ularga kun tartibida belgilangan mashg‘ulotlar haqida ma’lumotlar berildi. Ma’lumot o‘rnida, 10 kun davom etadigan yig‘inda ishtirokchilar harbiy tayyorgarlik, sport oʻyinlari, maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik hamda turli kasblarni egallashi boʻyicha mashgʻulotlarga jalb qilinadi.
Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati








