Angrenda “Komandir kubogi” uchun kurash musobaqasi o‘tkazildi
2026-02-25 14:10:00 / Yangiliklar

Musobaqada harbiy xizmatchilar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, matonati va mahoratini namoyon etib, bellashuvlarda kuch, epchillik hamda strategik fikrlash qobiliyatlarini ishga soldi. Har bir jang qatnashchilarning sabr-toqati, tezkor qaror qabul qilish va intizomli harakat qilish qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazdi. Tomoshabinlar har bir uchrashuvda sport ruhining haqiqiy namoyishini kuzatish imkoniga ega bo‘ldi.
Bellashuvlar Toshkent harbiy okrigi tomonidan tasdiqlangan amaldagi nizom va qoidalarga muvofiq, hakamlar hay’ati tomonidan xolis va adolatli tarzda baholab borildi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar diplomlar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, barcha ishtirokchilar sportdagi yutuqlari uchun minnatdorchilik bildirilgan sertifikatlar oldi.
Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati








