Shaxsiy va xizmat ma’lumotlarini himoya qilish bo‘yicha xodimlar bilimi oshirildi
2026-02-24 16:15:00 / Yangiliklar

Tadbir okrug kiberxavfsizlik markazi tashabbusi bilan Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi kiberxavfsizlik mutaxassislari ishtirokida o‘tkazildi.
Tadbir davomida mutaxassislar xizmat kompyuterlari va mobil qurilmalarda xavfsizlik choralarini amaliy tarzda tushuntirdi. Soxta saytlarni aniqlash, konfidensial ma’lumotlarning sizib chiqishini oldini olish, onlayn xizmatlar, jumladan “OneID” tizimi va “MyGov” ilovasidagi login va parollarni yangilash kabi chora-tadbirlar batafsil ko‘rsatildi. Shuningdek, tavakkalchilikka asoslangan onlayn o‘yinlar va zararli dasturlardan himoyalanish usullari haqida tavsiyalar berildi.
Mutaxassislar telegram ilovasi orqali tarqatiladigan zararli dasturlarni aniqlash, hisobga ulangan qurilmalarni doimiy nazorat qilish va ikki bosqichli autentifikatsiya tizimini yo‘lga qo‘yish muhimligini alohida ta’kidlashdi. Ushbu choralar harbiy xizmatchilarga shaxsiy va xizmat ma’lumotlarini samarali himoya qilish imkonini beradi.
Tadbir yakunida barcha ishtirokchilarga kiberxavfsizlik bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi, xodimlarning xavfsizlik savodxonligi mustahkamlandi va kelgusida ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha ongli harakat qilishga tayyorgarlik ko‘rildi.
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati





