Sayyor qabul va mehnat yarmarkasi o‘tkazildi
2026-02-24 16:15:00 / Yangiliklar

Unda harbiy qism va muassasalar qo‘mondonligi rahbariyati, tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, korxona va tashkilotlar mutaxassislari, shuningdek, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Sayyor qabul jarayonida harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari hamda yoshlar tomonidan bildirilgan murojaatlar atroflicha tinglanib, har bir masala yuzasidan huquqiy tushuntirish va amaliy tavsiyalar berildi.
Qabul davomida jami 32 ta murojaat kelib tushdi. Ularning asosiy qismi ijtimoiy-huquqiy masalalar, bandlik, uy-joy, moddiy yordam hamda boshqa dolzarb yo‘nalishlarga taalluqli bo‘ldi. Murojaatlarning salmoqli qismi joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar esa tegishli vakolatli idoralarga qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun yo‘naltirilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.
Shu bilan birga, tadbir doirasida tashkil etilgan mehnat yarmarkasida harbiy xizmatchilarning oila a’zolari hamda yoshlar uchun ularning mutaxassisligi va kasbiy ko‘nikmalariga mos bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlari taklif qilindi. Korxona va tashkilotlar vakillari tomonidan mavjud vakant lavozimlar, mehnat sharoitlari, ish haqi miqdori hamda ishga qabul qilish tartiblari yuzasidan batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Ayrim ishtirokchilar bilan dastlabki suhbatlar o‘tkazilib, ularni ishga joylashtirish bo‘yicha amaliy kelishuvlarga erishildi.
Tadbir yakunida ko‘tarilgan masalalar yuzasidan aniq vazifalar belgilab olinib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi.




