Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida sun’iy intellekt yordamida jismoniy tayyorgarlik sinovlari bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazildi
2026-02-21 11:45:00 / Yangiliklar

Mashg‘ulotlarda harbiy okruglar, OHTM hamda markazga bo‘ysunuvchi harbiy qismlarning jismoniy tayyorgarlik va sport boshliqlari, kafedra boshliqlari hamda IT yo‘nalishi mutaxassislari ishtirok etdi.
Mashg‘ulotlar ikki bosqichda tashkil qilinib, nazariy qismda jismoniy tayyorgarlik sinovlarini sun’iy intellekt yordamida to‘g‘ri qabul qilish, yaratilgan dastur tuzilishini o‘rganish, ma’lumotlarni kiritish va natijalarni umumlashtirish jarayonlari o‘rganildi.
Navbatdagi amaliy mashg‘ulotlarda sun’iy intellekt yordamida sinovlarni real vaqt rejimida qabul qilish, aniqlangan xato va kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha ishlar amalga oshirildi.
Mazkur mashg‘ulotlar jismoniy tayyorgarlik sinovlarini raqamlashtirish va baholash jarayonini samarali va tezkor qilish, shuningdek, zamonaviy texnologiyalarni harbiy sohada qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.





