Harbiy xizmatchilar uchun huquqiy targ‘ibot
2026-02-19 14:25:00 / Yangiliklar
Toshkent harbiy prokuraturasi tomonidan “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetida “Jinoyat uchun jazo muqarrar” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Toshkent harbiy prokurorining yordamchisi muddatli harbiy xizmatchilar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar, ularning huquqiy oqibatlari hamda qonunchilikdagi so‘nggi yangiliklar bo‘yicha ma’ruza qildi. Shuningdek, harbiy xizmatchilar tomonidan berilgan savollarga aniq va tushunarli javoblar berildi.
Ma’ruzada jinoyatlarni oldini olish, harbiy intizomni mustahkamlash va qonuniy tartibga rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Harbiy xizmatchilarga ularning qonuniy majburiyatlari va shaxsiy mas’uliyati haqida tushuntirishlar berilib, amaliy tavsiyalar taqdim etildi.



