Nukusda uch avlod vakillari uchrashdi
2026-02-18 14:50:00 / Yangiliklar

Tadbirda so‘zga chiqqanlar yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda milliy g‘urur, Vatanga sadoqat va yuksak mas’uliyat tuyg‘ularini shakllantirish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri ekanini alohida qayd etdi. Shuningdek, mustaqillik yillarida Qurolli Kuchlar tizimida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, harbiy xizmatchilar uchun yaratilayotgan zamonaviy shart-sharoitlar, ijtimoiy himoya va rag‘batlantirish mexanizmlarining takomillashuvi haqida atroflicha fikr almashildi.
Uchrashuv davomida turli davrlarda Vatan himoyasi yo‘lida sharaf bilan xizmat qilgan faxriy harbiylar o‘zlarining boy hayotiy tajribasi, xizmat faoliyati davomida duch kelgan sinovlari hamda mas’uliyatli va sharafli onlar haqida so‘zlab berdi. Faxriylar tomonidan keltirilgan hayotiy voqealar va jasorat namunalari yosh harbiy xizmatchilarda katta taassurot qoldirdi. Ochiq muloqot tarzida kechgan uchrashuv savol-javoblarga boy bo‘lib, unda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan batafsil ma’lumot olish imkoniga ega bo‘ldi.
Shimoli-g'arbiy harbiy okrug matbuot xizmati





