Harbiy intizom masalalari muhokama qilindi
2026-02-17 11:25:00 / Yangiliklar

Mazkur tadbirda okrug mas’ul ofitserlari, harbiy prokuratura vakillari, harbiy xizmatchilar hamda Qurolli Kuchlar xodimlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida har bir harbiy xizmatchining huquqiy savodxonligini oshirish, ularning qonun hujjatlari mazmun-mohiyatini chuqur anglab yetishiga erishish, xizmat faoliyati jarayonida mas’uliyat va javobgarlik hissini yanada kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, korrupsiya, mansab vakolatini suiiste’mol qilish, xizmat intizomini buzish kabi salbiy holatlarning kelib chiqish sabablari atroflicha tahlil qilinib, ularni bartaraf etishning aniq mexanizmlari muhokama qilindi.
Harbiy prokuratura mutasaddilari tomonidan amaldagi qonunchilik talablari, javobgarlik choralari hamda profilaktik tushuntirishlar berildi. Huquqbuzarliklarning salbiy oqibatlari aniq misollar asosida bayon qilinib, har bir xizmatchining o‘z xizmat vazifasiga vijdonan va sidqidildan yondashishi zarurligi ta’kidlandi.
Yig‘ilish videokonferensiya shaklida tashkil etilib, okrug tasarrufidagi barcha harbiy qism va muassasalar bilan bir qatorda Andijon viloyati, Farg‘ona viloyati hamda Namangan viloyati mudofaa ishlari boshqarmalari xodimlari ham masofadan turib faol ishtirok etdi.
Yig‘ilish yakunida mas’ul rahbarlarga huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish, shaxsiy tarkib bilan muntazam profilaktik suhbatlar o‘tkazish, xizmat intizomi ustidan nazoratni kuchaytirish hamda harbiy jamoalarda sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.
Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati







