Huquqiy tafakkur — barqaror taraqqiyot asosi
2026-02-16 11:15:00 / Yangiliklar

Davra suhbatida harbiy qism rahbariyati, Shirin shahar hokimligi, huquqni muhofaza qiluvchi davlat organlari vakillari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolariga amaldagi qonunchilik normalari, ijtimoiy himoya, bandlik hamda kasb-hunar egallash bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi. Ayniqsa, muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan yoshlar uchun kelgusida munosib ish o‘rni topish, kasbiy malakasini oshirish va imtiyozlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Samimiy va ochiq muloqot tarzida o‘tgan suhbat jarayonida mehmonlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, inson manfaatlarini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida olib borilayotgan tizimli ishlar haqida so‘z yuritdi. Ta’kidlanganidek, mazkur islohotlar xalqimizning tinch va farovon hayot kechirishiga xizmat qilmoqda.
Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar atroflicha javob qaytarib, huquqiy masalalar bo‘yicha individual maslahatlar taqdim etildi.
Toifalangan obyektlarni qoʻriqlash qoʻshinlari qoʻmondonligimatbuot xizmati





