Navoiy va Tog‘ay Murod merosi asosida intellektual bellashuv o‘tkazildi
2026-02-05 11:50:00 / Yangiliklar

Bellashuv davomida ishtirokchilar Alisher Navoiy hayoti va ijodi, uning boy adabiy merosi, o‘zbek adabiy tilining shakllanishi va rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi, shuningdek, Tog‘ay Murodning asarlari, qahramonlarining ruhiy olami hamda yozuvchining o‘ziga xos badiiy uslubiga oid savollarga javob berdi. Savollar mantiqiy fikrlash, tezkorlik va jamoaviy hamkorlikni talab etuvchi tarzda ishlab chiqilgan bo‘lib, ishtirokchilarning bilim darajasi va intellektual salohiyatini sinovdan o‘tkazdi.
Qizg‘in va murosasiz ruhda kechgan bellashuvda har bir jamoa o‘z bilim va zakovatini namoyon etib, adabiyotga bo‘lgan qiziqishi hamda tayyorgarlik darajasini ko‘rsatdi. Tadbir ishtirokchilarida milliy adabiyotimizga, kitob mutolaasiga va ma’naviy qadriyatlarga bo‘lgan mehr va e’tibor yanada mustahkamlandi.
Yakunda bellashuvda faol ishtirok etib, yuqori natijalarga erishgan jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati






