Harbiy oilalar ishtirokida davra suhbati va chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi
2026-02-02 12:35:00 / Yangiliklar

Davra suhbati davomida harbiy xizmatning o‘ziga xos mas’uliyati, bu sharafli kasb egalarining oilaviy hayotiga ta’siri, harbiy xizmatchilar turmush o‘rtoqlarining jamiyatdagi o‘rni va mas’uliyati xususida atroflicha fikr almashildi. Shuningdek, xizmat faoliyati bilan bog‘liq yuklama sharoitida oilalarda psixologik barqarorlikni ta’minlash, stress holatlarini bartaraf etish, oilaviy birdamlik va sabr-toqatni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassislar tomonidan amaliy tavsiyalar berildi.
Tadbir doirasida harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarining sog‘lig‘ini mustahkamlash, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda salomatligini doimiy nazoratga olish maqsadida Termiz harbiy gospitali bilan hamkorlikda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik ham tashkil etildi.
Tibbiy ko‘rik jarayonida terapevt, ginekolog, nevropatolog hamda bolalar shifokorlari tomonidan zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar yordamida batafsil ko‘riklar o‘tkazildi. Ko‘riklar davomida aniqlangan muammolar yuzasidan zarur tibbiy tavsiyalar berilib, davolanishga muhtoj fuqarolar nazoratga olindi.









